Samarqand shahrida joylashgan “Afrosiyob” muzeyida o`zbek-fransuz arxeologik ekspedisiya mutaxassislari tomonidan Varuxman saroyining shimoliy devoridagi tasvirlar qayta tiklandi, deya xabar bermoqda ut.uz.

Avvalroq, Varuxman saroyi devorlaridagi tasvirlar o`tgan asrning 80-yillarida ommaga e`lon qilinganligi xabar berilgan edi. Saroydan topilgan noyob qo`lyozma muzeyga olib kelindi, biroq vaqt o`tishi bilan eksponatlar qayta tiklashni talab qildi.

Guruh oldida hali yanada ulkan ishlar turibdi. Bu ishlarni tugatish keyingi uch yilga mo`ljallangan.





