Malida tinimsiz yog`ingarchilik ortidan kuchli suv toshqinlari ro`y bermoqda, deya ma`lum qilmoqda Layf nashri.
Xabarlarga ko`ra,tabiiy ofat oqibatida kamida 15 kishi hayotdan ko`z yumgan.
Toshqin ko`chalardagi avtomobillarni oqizib ketgan. Uylar, do`konlar va boshqa binolar suv ostida qolgani xabar qilinmoqda.
Suv o`zi bilan katta miqdordagi chiqindilarni oqizib kelgan.
Hozirda odamlarni xavfsiz joylarga ko`chirish uchun hududlarga qutqaruv guruhi yuborildi.






