Tojikiston poytaxti Dushanbe yaqinidagi qamoqxonada ro`y bergan isyon tufayli 32 kishi halok bo`ldi, deya xabar berdi TASS nashri.
Qurbonlarning 3 nafari turma xodimlari, qolgan 29 nafari mahbuslardir.
To`qnashuv IShID terorchilik tashkilotiga aloqador mahbuslar qochishga uringanidan so`ng boshlangan. Jinoyatchilar xodimlarga pichoq va boshqa o`tkir qurollar bilan hujum qilishgan. Olib borilgan tezkor operasiya davomida isyonda ishtirok etgan 30 dan ortiq mahbus qo`lga olingan.