Avstriyalik avtopoygachi,“Formula-1”ning 3 karra g`olibi Niki Lauda 70 yoshida vafot etdi, deya xabar qilmoqda Layf nashri.
U o`tgan yili kuchli shamollash bilan kasalxonaga yotqizilgandi. Keyinchalik kasallik og`ir pnevmoniyaga aylangan.
Sportchining hisobida 25 ta g`alaba bor.
30 yillik faoliyati davomida Niki Lauda bir necha marotaba avtohalokatlarni boshdan kechirgan va turli darajada jarohat olgan.
U o`tgan 7 yil davomida “Mercedes” jamosining kuzatuv kengashi raisi sifatida ishlab kelgan edi.






