AQSh hukumati Huawei kompaniyasiga 3 oy davomida Qo`shma Shtatlarda operasiyalarni davom ettirishga ruxsat beruvchi hujjatni taqdim etdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Ammo Huawei rahbari bu lisenziya kompaniya uchun ahamiyatsiz ekanini ma`lum qilgan.
Xabarlarda keltirilishicha, xitoylik ishlab chiqaruvchi AQShning bunday muruvvatiga muhtoj emasligini ta`kidlagan.
Ushbu texnologik fonda Google Huawei bilan hamkorlikni to`xtatganini e`lon qildi.






