AsosiyDunyo

Buyuk Xitoy devorida marafon bo`lib o`tdi

'Buyuk Xitoy devorida marafon bo`lib o`tdi'ning rasmi

Buyuk Xitoy devorida xalqaro yugurish marafoni bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda Report nashri.

Har yili o`tkaziladigan ushbu marafonda bu yil jahonning 67 ta mamlakatidan bir yarim mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

Marafon shartiga ko`ra, sportchilar va ko`ngillilar 5164 ta zinani bosib o`tishlari lozim. Musobaqa yakunida erkaklar orasida Avstraliya vakili Duglas Uilson marraga birinchi bo`lib etib kelgan. U sakkiz yarim kilometr masofani 3 soatu 25 daqiqada bosib o`tdi.

Ayollar orasida esa amerikalik Kali Keyvi 4 soatu 12 daqiqada etib kelib, g`olibaga aylandi.

    Boshqa yangiliklar