Google kompaniyasi yangi “Glass Enterprise Edition2” aqlli ko`zonaklarini taqdim etdi, deb xabar qildi Tvzvezda.ru nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, qurilma 8 megapikselli kamera, videoni Wi-Fi yoki Bluetooth orqali to`g`ridan-to`g`ri kuzatish funksiyasi bilan jihozlangan. Uning xotirasi esa 32 gigabayt.
Foydalanuvchilar ko`zoynak orqali qo`llanmalarni ko`rish, surat va video jo`natish hamda boshqa ko`plab vazifalarni bajarishlari mumkin. Qurilmadan foydalanish 20, hattoki 50 foizgacha ish unumdorligini oshiradi.
Ko`zoynakning narxi esa 999 dollar etib belgilanishi kutilmoqda.






