AsosiyShou-biznes

Jastin Timberleyk yirik kompaniyaning bir qismini sotib oldi

Chet el OAV bergan ma`lumotlarga ko`ra mashxur qo`shiqchi Jastin Timberleyk kompyuter chiplarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan AfterMaster yirik kompaniyasining bir qismini sotib olgan. Bu haqda www.spletnik.ru nashri xabar beradi.

AfterMaster kompaniyasi chiplari kompyuter, planshet, smartfon, televizor va quloqchinlarga ovozni yaxshilash, uni tiniqlashtirish uchun o`rnatiladi. Aytish lozimki, ayni damda kompaniya o`sishda davom etmoqda.

-Men AfterMasterning bir qismi bo`lganimdan xursandman. Ushbu chipning odamlarga taqdim etayotgan imkoniyatlarini sinab ko`rishim bilan unga a`zo bo`lishni, uning bir qismi bo`lishni, bir so`z bilan aytganda bu loyihani qo`llab-quvvatlashni istadim, deya fikr bildirdi Jastin Timberleyk.

    Boshqa yangiliklar