Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatori 130-09-09 raqami orqali tarif rejalari, aksiyalar va internet paketlari haqida to`liq ma`lumot bermoqda. Raqamga faqat shahar telefonlaridan qo`ng`iroq qilish mumkin. Bu haqda uz24.uz nashri “iLike.uz” da berilgan ma`lumotlarga tayanib ma`lumot beradi.
Yangi aloqa operatori jismoniy shaxslar uchun quyidagi tariflarni taklif etmoqda:
“Start” tarifi – kunlik abonent to`lovi 10 sent, O`zbekiston bo`ylab chiqish qo`ng`iroqlarining bir daqiqasi va bir SMS narxi 3 sent. Tarif oyiga 100 Mb tekin internetni ham o`z ichiga oladi.
“Maksi” tarifi – oylik abonent to`lovi 15 dollar, oyiga O`zbekiston bo`ylab 1000 daqiqa so`zlashuv. Tarif 600 Mb internetni o`z ichiga oladi. Bir SMS narxi – 2 sent, limitdan tashqari so`zlashuvning bir daqiqasi 2 sent, 1 Mb internet esa 10 sent.
“Absolyut” tarifi – oyiga 150 dollarga O`zbekiston bo`ylab cheksiz qo`ng`iroq, SMS va internet taqdim etadi.
Shuningdek, quyidagi korporativ tariflar ham ishga tushiriladi:
Corp tarifi – oyiga 25 dollarlik to`lov evaziga kompaniya ichida cheksiz qo`ng`iroqlar, kompaniya tashqarisida esa 2000 daqiqa, shuningdek, 800 Mb internet taqdim etiladi.
Corp VIP tarifi – oyiga 45 dollar evaziga kompaniya ichida cheksiz va kompaniya tashqarisida 5000 daqiqa qo`ng`iroq, 2500 ta SMS hamda 1200 Mb internet taqdim etiladi.
Barcha tariflarda kiruvchi qo`ng`iroqlar bepul.
Internet-paketlar
5 dollar evaziga 300 Mb; 10 dollar evaziga 1000 Mb.
Xabarda UMS bosh ofisi Toshkent shahri Amir Temur ko`chasida joylashgan sobiq “MTS-O`zbekiston”ning bosh binosida bo`lishi, ofislar soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlashi qayd etiladi.