AsosiyDunyo

Ukraina janubiy-sharqining millionlab aholisi urush sabab o`z uylarini tashlab ketishmoqda

BMT ma`lumotiga ko`ra, bugungi kunga kelib, harbiy harakatlar hududida taxminan 5.2 million odam qolmoqda, deya xabar berdi vesti.ru. Ukraina kuchlari tomonidan nazorat qilinayotgan hudud aholisi 490 ming kishini tashkil etsa, yana 546 kishi mamlakatdan chiqib ketgan, asosan Rossiyaga.

To`qnashuvlar natijasida halok bo`lganlar soni BMT ma`lumotiga ko`ra, 25 noyabr holatiga 4356 kishini tashkil etadi. mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Harakatlar olib borilayotgan hududda kamida 20 ta korxona yopilgan, 12 mingdan ortiq davlat, shu bilan birga xususiy sanoat korxonalari buzilgan yoki ularga zarar etkazilgan. Bularning hammasi qochoqlarning qaytishi hamda iqtisodiyotning tezda qayta tiklanishiga bo`lgan ishonchni pasaytirmoqda.

    Boshqa yangiliklar