1

Messi kuchlimi yoki Ronaldu?

Sport 29.11.2014, 16:04
Messi kuchlimi yoki Ronaldu?
Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi -  co`ngi besh yillikda minglab maqolalar va ko`rsatuvlar qahramoni. Futbol olami shu ikki shaxsning  borligi sabab yanada  jozibador bo`lib qolgandek. Ikkovlon bir bo`lib,  millionlab futbol muxlislarini ikki qutbga ajratib qo`ydi, hisob. Men nega endi bu ikki futbolchi atrofida shuncha shov-shuv? - deya o`ylanib qolaman. O`ylab-o`ylab esa sababini topgandekman. Bu bilan “Evrika” deya baqirishim noo`rin. Chunki, meni noqis aqlim adashayotgan bo`lishi ham mumkin. Bu haqda maqolamni so`ngida gaplashamiz.
Kuni kecha Evropa nashrlari agar joriy mavsumda “Barselona” hech qanday sovrinni qo`lga kiritmasa Messi Londonning “Chelsi” klubi futbolchisiga aylanishi haqida yoza boshladi
— Agar “Barsa” sovrinlarsiz qolsa, Messi “Chelsi”ga ketadi,-deb yozadi jurnalist Fabian Goroy. — Hozir Leo asta-sekinlik bilan ingliz tilini o`rganishni boshlagan. Mourinoni bo`lsa voqealar mana shu tarzda rivoj topishi mumkinligi haqida ogohlantirib ham bo`lishgan. Leo “Barsa”da  qanotda o`ynamoqchi, uni hozirgi pozisiyasi koniqtirmayapti, yana otasi tomonidan o`tkazilayotgan bosim ham uning kayfiyatiga ta`sir ko`rsatmoqda.
Argentinaning DirecTV muxbiri aynan shu sababni asos qilib olibdi.
—  Bu “buyuk o`tish”ni amalga oshishida Messi bilan shartnoma tuzgan adidas firmasining ham hissasi bor. Kompaniyaga mahsulotlarini o`zlarining “yuzi” bo`lgan futbolchining doim kiyib yurishi maqul kelarmish. Boshqa ma`lumotlarda esa, Leo o`ziga yaqin do`sti bo`lgan Fabregasning etishmayotgani va u bilan bir klubda o`ynashni hohlayotgani aytiladi.
Bu yilgi mavsumda 27-yoshli hujumchi maydonda 17ta o`yin o`tkazib, 18ta gol va 10ta samarali gol uzatishni amalga oshirgan. Futbolchining taxminiy narxi 120 million evro atrofida. Bo`ldi, shu bilan maqola tamom.
Ana senga shov-shuvli material. Muxlislar esa boshini changallab  -“bo`lishi mumkin emas” deya xavotirlanayotganida ikkinchi xabar bosiladi...
Bu mana shu shov-shuvli xabarning mantiqiy davomi edi. Endi sahnaga “Chelsi” ustozi Joze Mourino chiqib London24 nashriga jumladan shunday deydi -  davr shunday o`zgarib ketganki, osonlik bilan yolg`on ma`lumotlar urchib ketaveradi. –Ba`zi odamlar osonlik bilan hech narsa yo`q erdan mish-mishlarga ishonib yangilik yaratishyapti. Har qanday vaziyatda ham Messining o`tishi haqidagi yangilik – haqiqatdan yiroq narsa.
Yodingizdan ko`tarilmagan bo`lsa, bundan ikki oylar chamasi oldin  Krishtianu Ronalduni “Manchester Yunayted”ni sog`inayotgani va tez orada tumanli Albionga o`tishi haqida maqolalar barchani hayajonga solgan edi. Endi navbat – Messiga kelibdi.
Menimcha, Ronaldu ham Messi ham hech qaerga o`tmaydi! Har ikkala grand klub o`zining asosiy daromad manbaidan ajrab qolmaslik uchun nimaki kerak bo`lsa amalga oshiradi.
  Siz muxlislar bunday xabarlarni o`qib, xavotirga tushmang. Ishoning, “yaxshi sut berib turgan sigir” sotilmaydi.  Vaqt beshavqat, kunlar kelib ikki daho qariydi. Ana shunda o`z “topildig`idan” bor sharbatni so`rib olgan klub karcholonlari  futbolchilarni kimgadir foyda ko`rish maqsadida sotishi tabiiy hol. Lekin, hozir emas. Nashrlarda tarqatilayotgan xabarlar esa piar xolos.
Yuqorida aytmoqchi bo`lgan fikrimga qaytaman. “Ikki futbol dahosi”ning bu darajada ko`p tortishuvlar “episentri”ga aylanishiga sabab: ularni Pele yoki Maradona singari turli davrda tug`ilmaganida. Hozirgi futbol muxlislari mana shu tomondan omadlimiz. Chunki,  biz bir vaqtni o`zida ikkita atrofdagi futbolchilardan umuman har tomonlama kuchli bo`lgan “to`p o`yini sehrgarlari” bilan zamondoshmiz.
Ulardan qay biri kuchli? - degan savolga javob izlamang. Ularning takrorlanmas o`yinlari va jozibador golllaridan zavqlaning. Meni esa bu savolga javobim aniq: Ularni har ikkisni birlashtirib turgan – FUTBOL KUChLI!
Buyog`iga esa  o`sha - “Yaypandagi gap”. Qani, ko`ramiz!  
Elmurod Ermatov. sports.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1