AsosiyDunyo

Assanj 175 yilga qamalishi mumkin (Video)

'Assanj 175 yilga qamalishi mumkin (Video)'ning rasmi

AQSh adliya vazirligi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga nisbatan yangi ayblovlar qo`yganini ma`lum qildi, deya xabar qilmoqda Tvzvezda.ru nashri.

U bir vaqtning o`zida 17 ta jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. Ular orasida josuslik va maxfiy axborotni oshkor qilish qonunini buzish kabi holatlar bor.

Agar Assanjning aybi isbotlansa, uni umumiy hisobda 175 yillik qamoq jazosi kutmoqda. Sodir etilgan jinoyatlarning har biriga 10 yil, kompyuterni buzib kirish maqsadida til biriktirish uchun esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.


Boshqa yangiliklar