1

Ravshan Ermatov Osiyoning eng yaxshi hakami deb tan olindi

Sport 01.12.2014, 12:32
Ravshan Ermatov Osiyoning eng yaxshi hakami deb tan olindi

Xabaringiz bor, bu yil yilning eng yaxshi hakami bo`lishga Eron vakili Ali Rizo Fag`oniy va bahreynlik hakam Navof Shukrulloh bilan birgalikda hamyurtimiz Ravshan Ermatov ham nomzodlik qilayotgan edi. Tadbir davomida Ravshan Ermatov qit`amizning eng yaxshi hakami, degan nomga ega bo`ldi.
Shu tariqa Ermatov beshinchi bora Osiyoning eng yaxshi hakami deb tan olindi. Eslatib o`tamiz, hamyurtimiz 2008, 2009, 2010 va 2011 yillarda ham qit`ada eng yaxshi hakam bo`lgan edi.
Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozim, Ravshan Ermatov yozda Braziliyada bo`lib o`tgan jahon chempionati vaqtida to`rtta o`yinni boshqarib, mundiallardagi uchrashuvlari sonini 9 taga etkazgan va bu borada rekord o`rnatgan edi.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1