AsosiyDunyo

Filcha sayyohlarning ko`nglini olish uchun holdan toydi (Video)

'Filcha sayyohlarning ko`nglini olish uchun holdan toydi (Video)'ning rasmi

Tailandning Pattayya shahrida sayyohlar qarshisida chiqish qilayotgan fil bolasi charchoqdan holdan toydi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Voqea o`tgan haftada Nong Nuch tropik parkida yuz bergan. Kadrdan fil bolasining onasiga bog`lab qo`yilganini, o`rnidan turishga harakat qilayotganini, ammo jazirama issiq va jismoniy charchoq oqibatida oyoqqa tura olmay, yiqilib qolayotganini ko`rish mumkin.

Mazkur hodisani suratga olgan guvohning ta`kidlashicha, fil bolasi juda achinarli ahvolda bo`lgan. Biroq park vakillari hayvonga nisbatan bunday shafqatsiz munosabatda bo`lmaganliklarini ma`lum qilishdi. Ularning aytishicha, parkdagi barcha jonivorlar sog`—salomat, ularga tegishli tibbiy yordam ko`rsatilgan.


Boshqa yangiliklar