AsosiyDunyo

Nursulton Nazarboevga umrbod Turk kengashining faxriy prezidenti maqomi berildi

'Nursulton Nazarboevga umrbod Turk kengashining faxriy prezidenti maqomi berildi'ning rasmi

Qozog`istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboevga umrbod Turk kengashining faxriy prezidenti maqomi berildi. Bu haqda Qirg`iziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligi tomonidan tarqatilgan Turk tilli davlatlar hamkorlik kengashining bayonotida ta`kidlanadi.

Ma`lum qilinishicha, bu tashabbus Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on tomonidan ilgari surilgan va “1990 yillar boshlaridan beri turk dunyosini birlashtirish va turk integrasiya tashkilotini tuzishdagi Nursulton Nazarboevning rolini inobatga olgan holda” Turk kengashiga a`zo davlat etakchilari tomonidan qo`llab-quvvatlangan.

“Buyuk etakchi Nursulton Nazarboevning g`oya va loyihalari kelajakda ham Turk xalqlarining sa`y-harakatlarida dasturilamal bo`laveradi”, – deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar