AQSh va Xitoy o`rtasidagi savdo mojarosiko`plab mamlakatlarga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan bo`lsa, ushbu holat ortidan Hindiston to`qimachiligi rivojlanmoqda, deb xabar berdi Ntdtv.ru nashri.
Hind to`qimachilik fabrikalari ikki yirik davlatning iqtisodiy urushidan katta foyda ko`rmoqda. Vashington Xitoy mahsulotlariga nisbatan joriy qilgan bojidan so`ng, Hindistonda kiyim-kechak eksporti hajmi keskin ko`tarilgan. Mahalliy eksportchilarning ta`kidlashicha,yuzaga kelayotganqarama- qarshiliklar ularga har ikkala davlat bilan ham savdo aloqalarini yaxshilash imkonini bermoqda.






