1

Qarzdor uy eshigi buzilgach, qarzini to`ladi

Jinoyat 29.05.2019, 09:35
Qarzdor uy eshigi buzilgach, qarzini to`ladi

Fuqarolik ishlari bo`yicha O`zbekiston tumanlararo sudining 16.05.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan Oltiariq tumani, Qapchug`ay qishlog`ida yashovchi qarzdor A.Axmadalievdan undiruvchi A.Raximov foydasiga 93 mln. 94.5 ming so`m qarzni undirish belgilangan bo`lib, Byuroning Oltiariq tuman bo`limi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yurituvi qo`zg`atilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor A.Axmadaliev qarzni to`lashdan bosh tortganligi sababli uning chet elga chiqish huquqlari cheklangan, bank plastik kartalari tekshirilgan, nomiga rasmiylashtirilgan ko`chmas mulklar hamda transport vositalari o`rganilgani, biroq qarzni undirish qaratilishi mumkin bo`lgan mulklar va mablag`lari aniqlanmagan.

Qonunda belgilangan tartib bo`yicha davlat ijrochisi endi qarzdor A.Axmadalievning Oltiariq tumani, Qapchug`ay qishlog`i, Lohutiy ko`chasida joylashgan yashash uyida ehtiyojidan ortiqcha mol-mulklarni xatlash maqsadida bir necha marotaba borishiga qaramasdan, qarzdor va uning oila a`zolari darvozani berkitib olishgan.

Joriy yilning 18 aprel kuni Oltiariq tuman Ichki ishlar bo`limi profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig`ini raisi va faollari, sog`liqni saqlash xodimlari va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirokida qarzdor A.Axmadalievning yashash uyiga darvoza qulfini tegishli mutaxassislar ishtirokida buzish yo`li bilan kirilishi jarayonida qarzdor A.Ahmadalievning yaqin qarindoshlari uy ichidan chiqib kelishadi vashu erning o`zidayoq uyali aloqa vositasi yordamida “o`z imkoniyatlarini ishga solib” sud hujjatiga asosan to`lanishi lozim bo`lgan 93 mln. 94.5 ming so`m moddiy zararni undiruvchi A.Rahimovning bankdagi hisob raqamiga to`liq o`tkazib berishgan.

Qarzdor A.Ahmadaliev qarzini o`z vaqtida to`laganida edi, shuncha davlat organlari xodimlari va jamoatchilikka vakillari uning uyiga bir necha marotaba ovora bo`lib kelishmagan bo`lar edi. Sud hujjati ijrosi to`liq ta`minlanib, ijro hujjati yuritishi tamomlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1