Eronning Fars provinsiyasi Jega qishlog`ida yashovchi odam 60 yil davomida yuvinmagan va shu vaqt ichida bu hola unga hech qanday kasallik olib kelmagan. 80 yoshli qariya tarixi haqida mahalliy IRNA agentligi jurnalistlari ma`lum qilishgan.

Jo`shqin yoshlik va sevgilisidan ayrilgan Amu Hoji yolg`iz yashashga qaror qiladi. U deyarli butun umrini mahalliy aholi unga g`ishtli chayla qurib berishgan Jega qishlog`ida yashadi. Amuning so`zlariga ko`ra, bunday hayot tarzi uni yanada sog`lom qilmoqda va o`zini jismonan yaxshi his qilmoqda.

Qariya nafaqat sog`lom yashash tarzidan qochmoqda, balki to`g`ri ovqatlanmaydi ham.





