Abdulla Qurbonov lisenziyasidan ayrildi

Shou-biznes 31.05.2019, 15:53
Abdulla Qurbonov lisenziyasidan ayrildi

Tuzilgan lisenziya bitimining 4.2.9-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar muntazam ravishda buzilganligini inobatga olib, Qurbonov Abdulla Akbarovich nomiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 5706-son lisenziyaning amal qilishi 31 may kunidan tugatildi. Bu haqda "O`zbekkonsert" DM ma`lum qiladi.

Qayd etilishicha, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning chiqargan videosiga haqoratomuz tarzda o`z munosabatini yo`llagan xonanda Abdulla Qurbonov tomonidan san`atkor odobiga to`g`ri kelmaydigan noo`rin so`zlar orqali muborak Ro`zai Ramazon oyida keng ommaning g`ashiga tegish hollari kuzatilgan. Uning ketma-ket chiqargan bunday nomaqbul audio-videolari o`z navbatida yoshlar orasida va jamoatchilik o`rtasida salbiy fikr uyg`otib, noroziliklarga sabab bo`lgan.

Yuqorida holatlar bo`yicha xonandaga Muassasa tomonidan bir necha marotaba ogohlantirish berilganiga qaramasdan, nojoiz munosabatli fikrlarni keng ommaga tarqatishni yana takrorlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1