1

Evro-2016 ramzi «Super Viktor» deb ataldi

Sport 02.12.2014, 09:13
Evro-2016 ramzi «Super Viktor» deb ataldi

Fransiyada 2016 yilda bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha Evropa chempionatining ramzi bo`lgan o`yinchoq bolaga ism berishdi.

Eslatib o`tamiz, Fransiya milliy terma jamoasi futbolchilari maydonga kiyib tushadigan ko`k rangdagi 16 raqami ostidagi futbolka, sehrli butsalar va chempionat emblemasi aks etgan qizil plashda tasvirlangan bolakay bo`lib o`tadigan musobaqaning ramzi etib tanlangandi.

Biroq unga hanuzgacha ism qo`yilmagan edi. Unga uchta ism taklif qilingandi: Driblu (Driblou), Goliks (Goalix) va Super Viktor (Super Victor). 26 noyabr kuni ovoz berish orqali unga Super Viktor nomi berildi.

Eslatib o`tamiz, Evropa chempionati Fransiyaning o`nta shaharida 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuliga qadar bo`lib o`tadi. Tarixda birinchi marotaba musobaqaning final bosqichida 24 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Manba: www.kun.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1