1

Hujjatda ko`rsatilmagan tovarlar aylanmasi to`xtatib qolindi

Jinoyat 01.06.2019, 20:21
Hujjatda ko`rsatilmagan tovarlar aylanmasi to`xtatib qolindi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari navbatdagi bojxona qoidabuzarlik holatlarini fosh etishdi.

Jumladan, “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidanpoytaxtimizda faoliyat yuritayotgan mas`uliyati cheklangan jamiyat nomigaxorijdan temir yo`l konteynerida kelgan yuklarni bojxona ko`rigidan o`tkazish davomida bojxona yuk deklarasiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiqcha 360 dona “qurilishda ishlatiladigan chizg`ichlar” hamda umuman ko`rsatilmagan 240 dona “elektr tok indikatorlari” borligianiqlandi.

Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati 11,5 million so`mni tashkil etar ekan.

Shuningdek, “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan yana bir korxona nomiga kelgan yuklarni bojxona ko`rigidan o`tkazish davomida bojxona yuk deklarasiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan umumiy qiymati 18 million so`mlik 60 dona musiqa asbobi – “gitara” hamda 10 dona ovoz kuchaytirgich borligi ma`lum bo`ldi.

Yana bir shunga o`xshash holatda “Sergeli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan korxona nomiga kelitirilgan “sport anjomlari” bojxona ko`rigidan o`tkazilganda bojxona yuk deklarasiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlaridako`rsatilganidan ortiqcha 350 komplekt “badminton va stol tennisi raketkasi” hamda 300 dona “badminton volanchigi” tovarlari borligi aniqlandi.

Mazkur tovarlarning umumiy qiymati 19 million so`mni tashkil etar ekan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1