AsosiyJinoyat

Bojxonachilar pishloq ostiga yashirilgan rangli metallarni fosh etishdi

'Bojxonachilar pishloq ostiga yashirilgan rangli metallarni  fosh etishdi'ning rasmi

Bojxona xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda qora va rangli metall parchalarini noqonuniy saqlanishiga hamda savdosiga chek qo`yilmoqda.

Kuni-kecha Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda viloyat Ichki ishlar bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro Q. J. ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada xonadon ayvonida tegishli hujjatlarsiz og`irligi 2 tonna 612 kilogramm rangli metall parchalari noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, o`tkazilgan tadbir davomida fuqaro U.B. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, pishloqlar ostiga yashirilgan holda umumiy og`irligi 3 tonna 930 kilogramm bo`lgan tegishli hujjatlarga ega bo`lmagan yaroqsiz akkumulyatorlar noqonuniy ravishda olib ketilayotganlik holati aniqlandi.

Yana bir holatda, fuqaro Ch.M. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, tegishli hujjatlarsiz og`irligi 1 tonna 250 kilogramm qora metall parchalari noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar