1

Aksiz markasiga ega bo`lmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Jinoyat 01.06.2019, 20:28
Aksiz markasiga ega bo`lmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Bojxona organlari tomonidan yurtimizga tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirilishiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro S.G` to`xtatilib, uning yuklari ko`zdan kechirilganda 1514 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Shundan so`ng uning xonadoni ham belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, ushbu xonadonda tegishli hujjatlari bo`lmagan, O`zbekiston aksiz markasi bilan markalanmagan, 2560 quti tamaki mahsulotlari borligi ma`lum bo`ldi.

Qonunbuzardan umumiy qiymati 24 million so`mni tashkil etuvchi
4074 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1