Sifati kafolatlanmagan biofaol qo`shimchalar to`xtatib qolindi

Jinoyat 01.06.2019, 20:31
Sifati kafolatlanmagan biofaol qo`shimchalar to`xtatib qolindi

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan bioaktiv qo`shimchalarni yurtimizga noqonuniy olib kirilishi bilan bog`liq navbatdagi qonunbuzarlik holati fosh etildi.

“Qoraqalpog`iston” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni mamlakatdan yo`lovchi poezdida yurtimizga kirib kelgan fuqaro X.Z. bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, mazkur fuqaro tomonidan qiymati 22 million so`mlik biologik faol qo`shimchalarni yashirincha tarzda olib kirmoqchi bo`lgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1