AsosiyDunyo

Irlandiyada noma`lum shaxslar viski omboriga tushishdi

Noma`lum shaxslar guruhi Irlandiya poytaxti Dublin atrofida joylashgan omborga o`g`rilikka tushishdi. Bu haqda Irland polisiyasi jurnalistlarga xabar bergan.

"Ikki erkak qo`lida temir bilan omborga kirganida ikki nafar ishchi bino ichkarisida bo`lgan”, - deyilmoqda huquq-tartibot organlari bayonotida.

Polisiyaning qayd etishicha, ularga yana kamida uch kishi kelib qo`shilgan. Ishchilarning qo`llarini bog`lashgan va viski hamda boshqa ichimliklarni tashib keta boshlashgan.

Natijada jinoyatchilar ombordan ikkita yuk mashinasida 15 480 dona Jameson viskisi, shuningdek, noma`lum miqdorda Bombay Sapphire jin va Jack Daniel's viskisini olib chiqib ketishgan.

O`g`rilik 14 noyabr kuni sodir bo`lgan. Polisiyaning taxmin qilishcha, o`g`rilar viskilarni rojdestva bayrami kunlari qora bozorga chiqarishni mo`ljallagan. O`g`rilangan alkogol mahsulotlarining umumiy narxi bir necha yuz ming evroni tashkil etadi, deya aniqlik kiritmoqda "Interfaks".

    Boshqa yangiliklar