AsosiyDunyo

Polshada yuz bergan yo`l-transport hodisasidan so`ng hushsiz holda kasalxonaga joylashtirilgan O`zbekiston fuqarosining shaxsi aniqlandi

'Polshada yuz bergan yo`l-transport hodisasidan so`ng hushsiz holda kasalxonaga joylashtirilgan O`zbekiston fuqarosining shaxsi aniqlandi'ning rasmi

Mamlakatimizning Varshava shahridagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra 2019 yilning 30 may kuni Polsha vakolatli organlari tomonidan 18 mayda sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasidan so`ng hushsiz holda kasalxonaga joylashtirilgan O`zbekiston fuqarosining shaxsi aniqlangani qayd etildi. Mazkur fuqaroning Lutfullaev Baxtiyor Erkin o`g`li ekanligi Polshaga kelgan otasi tomonidan tasdiqlangan. Bu haqida O`zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi saytida axborot berildi.

Ayni paytda mazkur avtohalokatda vafot etgan boshqa hamyurtimizning shaxsini aniqlash uchun uning yaqin qarindoshlarini Polshaga kelish masalalari ham hal qilinmoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra u Mamadaliev Shuxratjon Vaxobovich bo`lishi mumkin.

Elchixona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olingan va Polshaning vakolatli organlari bilan doimiy aloqa o`rnatilgan.

    Boshqa yangiliklar