AsosiyShou-biznes

OITSga qarshi moda: Viktoriya Bekxem OITSga qarshi futbolkalarni yaratdi

Mashxur futbolchi Devid Bekxemning rafiqasi Viktoriya Bekxem OITSga qarshi kurashishning yangi uslubini topdi. Moda olamida o`ziga hos o`ringa ega bo`lgan Viktoriya Bekxem OITSga qarshi maykalarni yaratdi. Bu haqda Spletnik.ru xabar beradi.

Old qismida OITSga qarshi kurash ramzi bo`lmish qizil tasma tasvirlangan futbolkalar yaqin kunlarda omma e`tiboriga havola etishilishi rejalashtirilmoqda. Hayriya uchun yaratilgan ushbu futbolkalarni Victoria Beckham’ning londondagi butikidan yoki dizaynerning rasmiy sayti orqali qo`lga kiritish mumkin. Ushbu futbolkalar sotuvidan tushgan pullar BMTning OITS bilan kasallanganlarga yordam beruvchi va 2030 yilga qadar OITSni yo`q qilishga qarshi qaratilgan dasturiga o`tkazib beriladi.

Eslatib o`tamiz, Viktoriya Bekxem 2014 yilning sentyabr oyida BMTning ko`ngilli elchisi bo`lgan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar