1

Nogiron-amputantlar o`rtasidagi JCh: O`zbekiston-Irlandiya 6:1

Sport 02.12.2014, 16:46
Nogiron-amputantlar o`rtasidagi JCh: O`zbekiston-Irlandiya 6:1

O`zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Meksikada davom etayotgan JCh-2014 bahslari guruh bosqichi 2-turida Irlandiya terma jamoasi ustidan 6:1 hisobida g`alaba qozondi.
Mavzur Umarxo`jaev qo`l ostidagi O`zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi 1 dekabr, dushanba kuni Irlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.
Uchrashuv taqdiri birinchi bo`limdayoq hal qilib bo`lingandi - 1-taymni 5:0 hisobidagi g`alaba bilan yakunlagan O`zbekiston futbolchilari yakunda 6:1 hisobida zafar quchishdi.
Eslatib o`tamiz, musobaqadagi dastlabki uchrashuvda O`zbekiston terma jamoasi Ukraina ustidan 7:0 hisobida g`alaba qozongan edi. Guruh bosqichining so`nggi turida Braziliya terma jamoasiga qarshi bahs olib boriladi. Uchrashuv 2 dekabr, seshanba kuni bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, Mavzur Umarxo`jaev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston terma jamoasi nogiron-amputantlar o`rtasida amaldagi jahon chempioni sanaladi va terma jamoa Meksikadagi Jahon chempionatida o`z unvonini himoya qiladi.
Ma`lumot o`rnida, Meksikaning Kuliakan shahri mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatida jami 22ta terma jamoa ishtirok etmoqda.

Manba: www.the-uff.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1