Italiyaning janubiy hududlarida yoz fasliga xos bo`lmagan noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda, deb xabar berdi Vesti nashri.
Hududda 48 soatdan buyon tinimsiz yog`ayotgan qor ko`plab muammolarnri keltirib chiqarmoqda. Qorning qalinligi 10 santimetrga etgan. Dalalarda katta miqdordagi hosil nobud bo`lmoqda. Ko`plab avtomobil yo`llarida transport harakati to`xtatilgan. Ayni vaqtda ko`chalarni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. Meteorologiya sohasi vakillari bu kabi ob-havo yana bir necha kun davom etishini ma`lum qilishgan.