1

O`zbekiston termasining BAAdagi yig`ini Xitoy mutaxassislari tomonidan kuzatiladi

Sport 03.12.2014, 09:43
O`zbekiston termasining BAAdagi yig`ini Xitoy mutaxassislari tomonidan kuzatiladi

Xabaringiz bor, ayni paytda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi delegasiyasi BAA davlatida Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida dastlabki yig`inni o`tkazmoqda.

Terma jamoamiz o`z oldida bosh maqsadni qo`ygan va bu borada O`zbekiston futbol federasiyasi tomonidan qo`llab-quvvatlangan.
Yig`in uchun barcha kerakli narsalar murabbiylar shtabiga shay qilib berilgan. Futbolchilarimiz esa, faqatgina natija ko`rsatishlari kerak, xolos. Boshqacha yo`li ham yo`q.
Xullas, O`zbekiston termasining BAA yig`ini, umuman Osiyo kubogiga tayyorgarlik bosqichi boshqa termalar tomonidan qiziqishni uyg`otmoqda. Bu haqida Osiyo matbuotidagi chiqishlardan ham bilsa bo`ladi. Yana aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, termamizning Dubaydagi yig`ini Xitoy futbol federasiyasi tomonidan tashkil qilingan maxsus guruh tomonidan kuzatiladi. Albatta, bu norasmiy tarzda.
Ya`ni, ushbu guruh  - mutaxassislar, sayyohlar va mahalliy fuqarolardan tashkil topgan bo`lib, termamiz turgan mehmonxonadan boshlab, mashg`ulotlar maydonchasigacha kuzatishlarni amalga oshiradi. O`zbekiston futbolchilari haqida to`plagan ma`lumotlarni Xitoy milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga etkazishadi. Mirjalol Qosimov shogirdlarining sust jihatlari, kamchiliklari va "yashirin qurollari" chuqur o`rganiladi.
Har holda mana shunday ma`lumotlar Xitoy matbuotida sekin-asta chiqmoqda. Buni ular oddiy raqibni o`rganishga yo`yishmoqda.
Nima ham derdik?! Bunaqa holatlar dunyo futbolida bor narsa va bundan hayron qolish kerak emas. Bu ham raqib haqida ma`lumotlarni to`plashning bir turi hisoblanadi.
Biz esa, umid qilishda davom etamiz. Ishonamizki, termamiz kerakli o`yin amaliyotlariga ega bo`ladi.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1