Gruziyaning Msxeta-Mtianeti tumanida vertolyot halokatga uchradi, deb xabar berdi Euronews.com. nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, vertolyot ushbu hududdagi mehmonxona tomon harakatlanayotgan edi.Voqea oqibatida ikki nafar mehmonxona xodimi hamda uchuvchi hayotdan ko`z yumgan. Xabar qilinishicha, u parvoz vaqtida elektr liniyalariga urilishi natijasida halokatga uchragan. Holat yuzasida jinoiy ish ochilgan.