AsosiyDunyo

Xitoylik millioner hamqishloqlariga uy sovg`a qildi (foto)

Xitoylik millioner Syun Shuixua (Sun Shuihua) o`zi tug`ilib, o`sgan qishlog`i Xiongkengning barcha aholisiga chiroyli uylarni sovg`a qildi.

Qurilish va po`lat sanoatida magnat hisoblangan 54 yoshli bu odam o`z qishlog`iga qaytadi va u erni er bilan yakson qiladi. U erdagi turli pastqam uylar o`rniga qulay va shinam uylarni bunyod qildi.

Syun jami 72 oila uchun uy qurdi, ammo tadbirkorning hayotida muhim ahamiyat kasb etgan 18 oilaga alohida uylar sovg`a qilindi.

Bundan tashqari Syun o`rtacha daromaddan kam pul topadigan odamlarga kundalik uch mahal tekin ovqat tashkil qildi.

Ushbu loyiha biznesmenga 6 million dollarga tushdi.

    Boshqa yangiliklar