Buyuk Britaniya poytaxti Londonda joylashgan ko`p qavatli turar-joy binosida katta yong`in sodir bo`ldi, deb xabar berdi Euronews.com. nashri.
Alangani bartaraf etish uchunyuzdan ortiq o`t o`chiruvchilar ish olib borishdi. Qutqaruv guruhi esa binodan odamlarni evakuasiya qilib ulgurgan. Olov jami 30 ta xonadonga zarar etkazgani xabar qilinmoqda. Bir necha kishi yaralangan, qurbonlar yo`q.