1

«Bunyodkor»ning BAA, «Al-Jazira»ning O`zbekiston klublari bilan o`zaro o`yinlari

Sport 03.12.2014, 15:59
«Bunyodkor»ning BAA, «Al-Jazira»ning O`zbekiston klublari bilan o`zaro o`yinlari

17 fevral kuni Toshkentda “Bunyodkor” va “Al-Jazira” klublari guruh bosqichiga chiqish uchun kuch sinashishadi.
E`tiboringizga “Bunyodkor”ning Birlashgan Arab Amirliklari, “Al-Jazira”ning esa O`zbekiston klublari bilan o`zaro o`yinlari natijalarini keltirib o`tmoqchimiz.
“Qaldirg`ochlar” bungacha BAA klublari bilan qit`amizning klublar o`rtasidagi eng nufuzli musobaqasi – Osiyo Chempionlar ligasi bahslari doirasida olti bor ro`baro` kelishgan. Shularning 3tasida g`alaba, 2tasida durang qayd etishgan. Bir o`yinda esa imkoniyat boy berilgan. To`plar farqi – 10:6, “Bunyodkor” foydasiga.
02.03.2011
Guruh bosqichi. 1-tur
“Al-Vahda” – “Bunyodkor” 1:1 (0:0)
Gollar: Haydarov 85 (0:1), Xugo (88)
03.05.2011
Guruh bosqichi. 5-tur
“Bunyodkor” – “Al-Vahda” 3:2 (2:1)
Gollar: Matar 2 (0:1), Trifunovich 11 (1:1), Trifunovich 35 (2:1), Xugo 54 penalti (2:2), Soliev 85 (3:2)
09.03.2010
Guruh bosqichi. 2-tur
“Al-Vahda” – “Bunyodkor” 1:2 (0:1)
Gollar: Denilson 37 (0:1), Denilson 85 (0:2), Al-Xuzayra 89 (1:2)
28.04.2010
Guruh bosqichi. 6-tur
“Bunyodkor” – “Al-Vahda” 4:1 (2:0)
Gollar: Rivaldo 28 (1:0), Denilson 31 (2:0), Denilson 57 (3:0), Haydarov 79 (4:0), Razzaq 90 (4:1)
18.03.2009
Guruh bosqichi. 2-tur
“Al-Shabab” – “Bunyodkor” 2:0 (2:0)
Gollar: Obaid 3(1:0), Mguni 39 (2:0)
19.05.2009
Guruh bosqichi. 6-tur
“Bunyodkor” – “Al-Shabab” 0:0
“O`rgimchaklar” laqabi bilan nom qozongan Abu-Dabining “Al-Jazira” jamoasi bungacha Osiyo Chempionlar ligasida olti mavsum ishtirok etgan bo`lsa-da, faqatgina 2012 yilda O`zbekiston klubi bilan to`qnash kelgan. O`sha yili “Al-Jazira” jamoasi bilan Qarshining “Nasaf” klubi guruh bosqichida kuch sinashgan edi. E`tiborlisi, har ikkala uchrashuvda ham “Al-Jazira” g`olib chiqqan. Qarshida 4:2, Abu-Dabida 4:1.
07.03.2012
Guruh bosqichi. 1-tur
“Nasaf” – “Al-Jazira” 2:4 (2:0)
Gollar: Musaev 2 (1:0), Rabi 18 avtogol (2:0), Abdulloh 39 (2:1), Musa 68 (2:2), Bare 75 (2:3), Oliveyra 88 (2:4)
02.05.2012
Guruh bosqichi. 5-tur
“Al-Jazira” – “Nasaf” 4:1 (4:0)
Gollar: Bare 6 (1:0), Oliveyra 14 penalti (2:0), Oliveyra 33 (3:0), Oliveyra 42 penalti (4:0), Shomurodov 69 (4:1)

Manba: www.fcbunyodkor.com 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1