Oylik maoshni optimal taqsimlash orqali mamlakat markazidan uy sotib olish dunyoning turli mamlakatlarida turli yillar ichida amalga oshishi aniqlangan.
Yaqinda Ad.me ijodiy portali xodimlari tomonidan olib borilgan izlanishlar va o`rganishlar natijasida o`rtacha oylik maoshi bilan kun ko`radigan ayrim davlatlar aholisining poytaxtdan taxminan qancha muddat ichida uy sotib olish imkoniyatiga egaligi hisoblab chiqildi.
London. Buyuk Britaniyada joriy holatga ko`ra o`rtacha oylik maosh 3 400 AQSh dollari bo`lib, mamlakat poytaxti Londondan bir xonali uy sotib olish istagida bo`lgan fuqaro “atigi” 18 yil deganda o`z orzusiga etar ekan.
Uy narxi esa: 650 ming AQSh dollari atrofida.
Pekin. Xitoy poytaxti Pekinni ham orzular tezda amalga
oshadigan mamlakatlar sirasiga kirita olmaymiz.
O`rtacha oylik maosh 1000 AQSh dollarini tashkil etgan mamlakatda poytaxtdan uy sotib olish uchun 17,5 yil oylik maoshini jamg`arish talab etiladi.
Bir xonali uy narxi esa 280 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Tokio. Yaponiya poytaxtidan o`z uyiga ega bo`lmoqchi bo`lgan fuqaro 13 yil ter to`kib, o`rtacha 3 200 AQSh dollari miqdorida oylik maosh olib tursa, ajab emas, narxi 450 000 AQSh dollariga teng uy sotib olsa...
Moskva. Rossiya poytaxtidan uy sotib olish mamlakatning o`z fuqarolari uchun ham oson kechadi, deb bo`lmaydi. Hisob-kitoblarga ko`ra, o`rtacha oylik maoshi, ya`ni 800 AQSh dollari daromadiga ega fuqaro 120 000 AQSh dollarini to`play olsa, poytaxtdan bir xonali uy sotib olishi mumkin.
Bu pulni to`plash uchun esa 12,5 yil sabr qilishiga to`g`ri keladi.
Nyu-York. AQSh poytaxti Nyu-York ham Moskvadan yarim yil farq qiladi. Ya`ni o`rtacha 4 700 AQSh dollari miqdorida oylik maoshga ega bo`lgan fuqaro ushbu hududdan 12 yil deganda 500 000 AQSh dollari narxiga teng uyni sotib olishi mumkin ekan.
Rim. Italiyada fuqarolarning o`rtacha oylik maoshi 2 600 AQSh dollari miqdorida bo`lib, bunday oylik maosh bilan 11 yil deganda 250 000 AQSh dollariga teng bo`lgan bir xonali uyni sotib olishi mumkin.
Afina. Joriy davrga ko`ra, Gresiyada o`rtacha oylik maosh 800 AQSh dollari bo`lib, ushbu oylikdan 9 yil jamg`arib, poytaxt Afinadan 90 000 AQSh dollari miqdoridagi bir xonali uy sotib olishi mumkin.
Nur-Sulton. Qo`shni davlat – Qozog`iston poytaxti Nur-Sultondan uy sotib olmoqchi bo`lgan fuqaro o`rtacha oylik maoshga, ya`ni, 440 AQSh dollari miqdordagi oylik tushim bilan 7,5 yil ter to`kib ishlasa, 42 000 AQSh dollari miqdoridagi uyga ega bo`ladi.
Hisob-kitoblarga ko`ra, ba`zi mamlakatlarda o`rtacha oylik maoshi bilan kun kechiradigan aholi uchun uy-joy sotib olish jarayoni jiddiy muammo hisoblanmaydi.
2019 yil holatiga ko`ra, mamlakatda o`rtacha oylik maoshi 1 500 AQSh dollari bo`lgan Ispaniya poytaxti Madriddan 130 ming dollar qiymatdagi uyni 7 yilda, oylik maoshi 2 200 AQSh dollari bo`lgan Germaniya aholisi poytaxt shahar Berlindan 150 ming AQSh dollari qiymatidagi uyni 5 yilda, o`rtacha oylik maoshi 3 700 AQSh dollari bo`lgan Abu-Dabi shahri aholisi 145 ming AQSh dollari bahosidagi bir xonali uyni 3 yilda sotib olishi mumkin.
Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida joriy davrdagi o`rtacha oylik maosh 1 300 AQSh dollari, shahar markazidagi 1 xonali uy 38 ming AQSh dollari deb hisoblanib, hudud aholisi ushbu oylik maosh bilan 2 yarim yilda turar-joy sotib olish imkoniyatiga ega.
MA`LUMOT O`RNIDA. Mazkur taxminiy hisob-kitob poytaxtdan 50 kvadrat/metr hajmdagi bir xonali uy sotib olish uchun oylik maoshning soliq to`lovlaridan ortib qolgan qismi jamg`arib borilishi hisobiga Ad.me ijodiy portali tomonidan tuzib chiqilgan.