1

O`zbekiston sohibi-matonatlari Braziliyani yirik hisobda mag`lub etishdi

Sport 03.12.2014, 16:18
O`zbekiston sohibi-matonatlari Braziliyani yirik hisobda mag`lub etishdi

O`zbekiston sohibi-matonatlar terma jamoasi Meksikada davom etayotgan JCh-2014 bahslari guruh bosqichi 3-turida Braziliya terma jamoasini yirik 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Mavzur Umarxo`jaev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston sohibi-matonatlar terma jamoasi 2 dekabr Jahon chempionati bahslari guruh bosqichi so`nggi turida Braziliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda ustunlikka erishgan O`zbekiston terma jamoasi yakunda 3:0 hisobida g`alaba qozondi va guruhda 1-o`rinni egalladi.
Eslatib o`tamiz, musobaqadagi dastlabki uchrashuvda O`zbekiston terma jamoasi Ukraina ustidan 7:0 hisobida g`alaba qozongan bo`lsa, 2-turda Irlandiya ham yirik 6:1 hisobida mag`lub etilgan edi.
Eslatib o`tamiz, Mavzur Umarxo`jaev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston terma jamoasi nogiron-amputantlar o`rtasida amaldagi jahon chempioni sanaladi va terma jamoa Meksikadagi Jahon chempionatida o`z unvonini himoya qiladi.
Ma`lumot o`rnida, Meksikaning Kuliakan shahri mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatida jami 22ta terma jamoa ishtirok etmoqda.

Manba: www.the-uff.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1