1

Respublika bo`ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`limi tashkil etildi

Jamiyat 12.06.2019, 12:42
Respublika bo`ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`limi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 12 ta shtat birligidan iborat Respublika bo`ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`limi tashkil etildi.

Respublika bo`ysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul (2019 yil 4 iyun, PF-5738) qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 12 ta shtat birligidan iborat Respublika bo`ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`limi tashkil etildi.

Bo`lim faoliyati Bosh vazir tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Bo`lim Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Surxondaryo viloyatining Sharg`un shaharchasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha vazifalarni samarali hal etilishini ta`minlaydi.

Shuningdek, shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, innovasion faoliyatni rivojlantirish, shaharlarni ishlab chiqarishga jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini to`liq ishga solish, shaharlarda aholi daromadlari o`sishini ta`minlash kabi vazifalar bo`limning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Shaharlarni rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati yig`ilishlarida ko`rib chiqiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1