AsosiyDunyo

Gonkongda yirik ommaviy norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda (Video)

'Gonkongda yirik ommaviy norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda (Video)'ning rasmi

Gongongda yuz minglab odamlar ishtirokida ommaviy norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda.Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Namoyishchilar ekstradisiya to`g`risidagi qonunga o`zgartirish kiritilishiga qarshi chiqishmoqda. Minglab namoyishchilar hukumat binolari joylashgan hududga olib boruvchi yo`llarni to`sib qo`ydi. Gongkong qonunchilik kengashi 12 iyun kuni qonun loyihasini ikkinchi o`qishda ko`rib chiqishi kerak edi, namoyishlar tufayli hukumat buni keyinga qoldirishga qaror qilgan. Qonunga kiritilishi rejalashtirilgan o`zgartirish Gonkongda jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni Xitoyning materik qismiga ekstradisiya qilishni nazarda tutadi. Ko`pchilik bu Gonkong odil sudlov tizimiga putur etkazishi mumkinligidan xavfsiramoqda. Namoyishlarda millionga yaqin kishining qatnashayotgani aytilmoqda. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, bu kabi norozilik namoyishlari hududda 1997 yildan buyon mutlaqo kuzatilmagan.



Boshqa yangiliklar