1

«Real» javob o`yinida ham «Kornelya»ni tor-mor etdi va qiyinchliksiz keyingi bosqichga chiqdi (video)

Sport 03.12.2014, 18:29
«Real» javob o`yinida ham «Kornelya»ni tor-mor etdi va qiyinchliksiz keyingi bosqichga chiqdi (video)

Ispaniya Kubogining 1/16 final bosqichidan o`rin olgan “Real” hamda “Kornelya” jamoalari o`rtasidagi uchrashuv o`z nihoyasiga etdi. Unda 5:0 hisobi qyd etilib, madridliklarning yirik hisobdagi g`alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, birinchi bo`limning 16-daqiqasida Xames Rodriges hisobni ochdi. Oradan 15 daqiqa o`tgach, Isko raqib darvozasiga ikkinchi to`pni kiritdi. 3 daqiqa o`tgach Xamesning o`zi hisobni yirik ko`rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo`limning 60-daqiqasida “Kornelya” himoyachisi Lopesning avtogoli, hisob 4:0 ko`rinishga kelishini ta`minladi. Nihoyat, sakkiz oydan buyon birinchi bor maydonga tushgan Xese mehmon jamoa darvozasini beshinchi marotaba ishg`ol etib, yakuniy 5:0 natijasini o`rnatdi.

Shu tariqa, ikki o`yin natijasiga ko`ra umumiy 9:1 hisobida g`alaba qozonib, qiyinchiliksiz musobaqaning 1/8 final bosqichiga yo`l oldi.

Ispaniya kubogi , 1/16 final

Real Madrid – Kornelya 5:0 (3:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 16 Xames, 2:0 – 31 Isko, 3:0 – 34 Xames, 4:0 – 60, avtogol Lopes, 5:0 – 77 Xese.
Dastlabki o`yin: 4:1.

Manba: www.uff.uz   

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1