ShHTning Bishkek sammiti tadbirlari doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani bilan uchrashdi.
Davlatimiz rahbari turli darajadagi ikki tomonlama muloqotlar faollashgani, tovar ayirboshlash hajmi ortayotgani, o`zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik va gumanitar almashinuvlar kengayib borayotganini alohida ta`kidladi.
Uchrashuvda Afg`onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko`maklashish hamda ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka jalb etishga qaratilgan aniq dastur va loyihalarni ro`yobga chiqarishning amaliy masalalari ko`rib chiqildi.
Prezident Ashraf G`ani Afg`onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo`l bilan hal etish borasidagi faol sa`y-harakatlari uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.






