AsosiyDunyo

Endi Facebook o`z foydalanuvchilariga haq to`laydi

'Endi Facebook o`z foydalanuvchilariga haq to`laydi'ning rasmi

Facebook «Study» deb nomlangan yangi ilovani ishlab chiqdi. Ushbu ilovani o`rnatgan foydalanuvchilar Facebook’ka o`zlarining internetdagi faoliyati, turli smartfon ilovalaridan qanday foydalanishi haqidagi ma`lumotlarni sotadi. Facebook ularning shaxsiy ma`lumotlari uchun haq to`laydi.

Bular:

– foydalanuvchi telefonida o`rnatilgan ilovalar;

– har bir ilova uchun foydalanuvchi qancha vaqt sarflashi;

– foydalanuvchi yashaydigan davlat, ishlatadigan mobil qurilmasi va internetga ulanish turi haqidagi ma`lumotlardir.

Foydalanuvchining «ID»si, parollari yoki boshqa shaxsiy ma`lumotlari – foto, video, audio materiallar va yozishmalari haqida ma`lumot olinmaydi.

«Bu narsa Facebook foydalanuvchilari uchun chiqarayotgan mahsulotlarimizni yanada sifatliroq qilishga yordam beradi», – dedi kompaniya vakili taqdimotda.

Ilovani hozircha AQSh va Hindistonda yashovchi, 18 yoshdan oshganlar o`rnatishi mumkin. Keyinchalik boshqa mintaqalar aholisi uchun ham undan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar