AsosiyDunyo

Tramp neft tankerlariga qilingan hujumda Eronni aybladi (Video)

'Tramp neft tankerlariga qilingan hujumda Eronni aybladi (Video)'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Ummon ko`rfazida neft tankerlariga uyushtirilgan hujumda Eronni ayblab chiqdi deb xabar berdi Euronews.com.nashri.

Rasmiy Tehron esa barcha ayblovlarni keskin inkor etib, mintaqa barqarorligi tarafdori ekanligini ta`kidlamoqda. AQSh tomoni ko`rfazda ro`y bergan vaziyatni xalqaro miqyosdagi muammo ekanligini ta`kidlab, unga hamkorlikda echim topish lozimligni ta`kidlamoqda. Vashington ayblovini London ham qo`llab- quvvatlamoqda. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jerimi Xant voqea yuzasidan AQSh davlat departamenti bahosiga ishonishini ma`lum qildi. Uning ta`kidlashicha, Amerika tomoni yuz bergan voqea yuzasidan taqdim etgan dalillariEron harbiylari aybini to`liq isbotlaydi.

Mazkur vaziyatga Germaniya ham munosabat bildirib tankerlarga uyushtirilgan hujumni qat`iyan qoralab chiqdi. Biroq AQSh markaziy qo`mondonligitomonidan tarqatilgan video Eronning 13 iyunda Ummon ko`rfazida tankerlarga hujumga aloqadorligining etarlicha isboti hisoblanmasligini aytdi. Qo`shma Shtatlar va Eron o`rtasida keskinlik kuchayib borayotgan hozirgi vaziyatda BMT tomonlarni bosiqlikka va mojaroning yanada avj olib ketishining oldini olishga chaqirdi.


Boshqa yangiliklar