AsosiyDunyo

“Namunali harbiylar oilasi” ko`rik tanlovining respublika bosqichi g`oliblari aniqlandi

'“Namunali harbiylar oilasi” ko`rik tanlovining respublika bosqichi g`oliblari aniqlandi'ning rasmi

Kecha, 16 iyun kuni Qarshi shahrida joylashgan viloyat musiqali drama teatrida “Namunali harbiylar oilasi” ko`rik tanlovining respublika bosqichi bo`lib o`tdi.

Unda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy okruglar va harbiy qo`shilmalardan kelgan jami 9 nafar harbiy xizmatchining oilasi turli shartlar bo`yicha o`zaro bellashdi.

Ko`rik-tanlovda quyidagi 5 ta shart bo`yicha bahslashildi:

  • Mustahkamoila – jamiyat tayanchi;
  • Ota – oila ustuni;
  • Ona – mohir yaratuvchi;
  • Farzandim – dilbandim;
  • Tezkor savol-javob.

Tanlov ishtirokchilarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari Feruza Akramova boshliq hay`at a`zolari baholab bordi.

Mazkur tanlovni o`tkazishdan maqsad – harbiy xizmatchilar oilalaridagi ma`naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog`lom turmush tarzini targ`ib etishning samarali mexanizmlarini yaratish, yoshlarni katta hayotga tayyorlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish bo`yicha bir qator vazifalardan iborat.

Yakuniy natijlarga ko`ra, Toshkent harbiy okrugidan kelgan kapitan Akbar Azimovning oilasi g`olib deya topildi. Ikkinchi o`rin esa shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Rasulbek Sobirovning oilasiga nasib etdi.

Kuchli uchlikka Toifalangan ob`ektlarni qo`riqlash qo`shinlari qo`mondonligi vakili katta serjant Farhod Quvondiqovning oilasi yakun yasadi.

G`olib va ishtirokchilar Mudofaa vazirligi tomonidan diplom va qimmat baho sovg`alar bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar