Xonanda ikkinchi marta turmush o`rtog`idan ajrashganligining haqiqiy sabablarini oshkor qildi.
Sogdiananing so`nggi to`rt yil ichida jamoatchilik orasida ko`rinmay qolgani ko`plab savollarni keltirib chiqardi. Aniqlanishicha, u tamomila yo`qolib ketmagan bo`lib, o`g`lining tarbiyasi bilan shug`ullangan va ikkinchi turmush o`rtog`i bilan ajrashgan hamda sahnaga qaytish uchun o`zida kuch to`plagan.
Uning ikkinchi eri “Rs” hokkey klubi prezidenti Bashir Kushtov bilan ajrashishi haqida joriy yilning aprel oyida ma`lum bo`lgandi. O`sha vaytda Sogdiana ajrashish haqidagi gaplarga chek qo`yib, sobiq turmush o`rtog`i bilan munosabatlari yaxshi saqlanib qolganligini ma`lum qilgandi. Endi esa u bu voqeaning haqiqiy sirlarini oshkor qildi.
“Bashir har qadamimni kuzatib borish uchun ikki nafar qo`riqchini bog`lab qo`ydi”, - deydi Sogdiana “Teleprogramma” nashriga. – Ma`lumki, shou-biznes vakillari uchrashuvlarda bir-birlarining yonoqlaridan o`pib qo`yishadi. Bu erda hech qanday ehtiros yoki ishva yo`q, ammo qorovullar bu haqda darhol Bashirga ma`lum qilishadi. Men tanishlarimga: “Yigitlar, uchrashganimizda meni o`pmanglar. Bunday qilsalaring uyimda muammolar kelib chiqadi” deya tushuntira olmadim. Hamkasblarim shunchaki tushunishmadi. Keyin o`ylab qoldim, o`pishmayman, tamom vassalom. Holat shunchalikka bordiki, men tadbirlarda tanish-bilishlardan yashirinadigan bo`ldim. Odamlar yonimdan o`tib ketayotganda xuddi telefonim tushib ketgandek, erda timirskalanardim. Axir meni doimiy ravishda to`rtta ko`z va to`rtta quloq kuzatib turibdi. Asablarim buzila boshladi. Doimiy ravishda boshiga tushib turgan bunday bosim ostida hech qaerga borishni istamasligimni tushunib etdim. Bir kuni Sankt-Peterburgda bo`lib o`tgan “Oltin mikrofon” mukofotini topshirish marosimiga bordim. Sahna oldida turibman, tez orada chiqishim kerak. Oldimda esa har doimgidek, ikkita “shkaf”. Shu paytda xayolimga o`zimning chiqishim haqida emas, balki ishqilib yonimga biror tanishim kelib qolmasinda, degan fikr keldi. Shunda yonimga tanish rep ijrochisi keldi va:
- Salom Sogdiana!, - dedi. Ana shunda men u menga tegmasligi uchun narigi tomonga o`tib ketish uchun uch marta umbaloq oshay dedim. U nima bo`layotganligini tushunmay menga hayron bo`lib qaradi. Meni sahnaga chaqirishdi, men esa qochardim. Qiyinchilik bilan kuyladim. Bunday yashab bo`lmasligini tushundim. Uyda erim bilan gaplashdim, va nihoyat ajrashishga qaror qildik”.
Eslatib o`tamiz, Sogdiana avvaliga hindistonlik Ramga turmushga chiqqan va ularning Arjun ismli o`g`li bor. Ularning ajrashishi katta janjalga sabab bo`lgandi. Sobiq er o`g`lini Sogdianadan tortib oldi va Hindistonga olib ketdi. Keyinroq uni Toshkentga olib keldi. Xonanda o`g`lini ikki yil ko`rmadi. Tez orada u yana yangi nikoh rishtalarini bog`ladi, bu safar Bashir Kushtov bo`ldi. Ularning nikohidan Mikail ismli o`g`illari bor.
Sogdiana va Ram
Sogdiana va Bashir Kushtov