1

Payariq tumanida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo`lib o`tdi

Jamiyat 19.06.2019, 18:20
Payariq tumanida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo`lib o`tdi

Mamlakatimizda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan qator islohatlar ichzillik bilan amalga oshirilmoqda. 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Respublikamizda o`tkazilayotgan “Yoshlar targ`ibot oyligi” doirasida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Payariq tuman Kengashi tomonidan ham ta`sirchan va samarali ishlar tashkil etilmoqda.

Bu kabi keng ko`lamli islohatlar zamirida avvalambor, yosh avlodni jamiyat hayotida siyosiy jihatdan faol, o`z fikrini erkin ifoda eta oladigan, huquqiy madaniyati yuksak fuqaro sifatida tarbiyalash va shu orqali Fuqarolik jamiyatini yanada shakllantirish va yuksaltirishdan iboratdir. Mazkur vazifalarni tashkil etish va amalga oshirishda nafaqat tuman markazidagi yoshlar, balki chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlar o`rtasida ham tashkil etish maqsadga muvofiq. Ushbu amaliy ishlarning davomi sifatida Payariq tumanida ham yoshlarning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini yanada oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o`tkazildi.

Uchrashuv 2019 yil 14 iyun kuni tumanning eng chekka hududi hisoblangan “G`allakor” mahallasida, ya`ni Xalqobod maishiy xizmat ko`rsatish va servis kasb-hunar kollejida o`quvchilar hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida o`tkazildi.

“Deputat va yoshlar” uchrashuvi doirasida o`quvchi va yoshlar Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi Yoshlar siyosati va sog`lom avlodni tarbiyalash masalalari bo`yicha doimiy komissiyasi raisi Jamshid Axunov, Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputatlari, Alisher Rashidov, G`ayrat Maxamatov, G`ayrat Boyzoqov, Husniddin Safarov hamda Jinoyat ishlari bo`yicha Payariq tuman sudi raisi Shuxrat Sharipov va Payariq tuman Ma`muriy sud raisi Farrux Salomovlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlar deputatlar va sud raislari bilan yuzma-yuz muloqotda bo`lib, o`zlarini qiziqtirgan savollarini tadbirga taklif etilgan deputatlarga berib bordi.

Misol uchun: Xalqobod maishiy xizmat ko`rsatish va servis kasb-hunar kolleji o`quvchisi Boboraximova Sarvinozning tuman Kengashi deputatlariga bergan “Deputatlik faoliyatini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillar nimalardan iboart. Deputatlik so`rovlarining ijrolari har doim ham ijobiy hal etilishi lozimmi?” degan savollari yoki uyushmagan yosh Karimov Asliddinning Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati, Payariq tuman Tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi raxbari G`ayrat Boyzoqovga bergan “Bugungi kunda dehqonchilik erlarini yanada kengaytirish va ushbu erlardan samarali foydalanib, mo`l hosil olish evaziga tabiatning yaylov va o`simlikning ko`p xilligiga boy erlariga zarar etkazmayapmizmi” degan savollariga tadbirga taklif etilgan deputatlar ham to`laqonli javob berishdi.

Bundan tashqari, yoshlar tomonidan “Jinoyat sodir etgan yoshga Deputatlik so`rovi orqali jinoiy jazodan ozod etish mumkinmi?” kabi savollariga ham qonun doirasida javoblar berildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputatlari bilan yoshlarning jonli muloqoti davomida nafaqat savollarga javobalar olindi, balki takliflar va tashabbuslar ham olg`a surildi. Bu holat shuni ko`rsatib turibdiki, qanchadan – qancha bo`lajak deputatlar bugungi kunda ta`lim muassasalarida shakllanmoqda. Bu esa, olib borilayotgan islohatlar o`z isbotini topayotganini ko`rsatmoqda. Yoshlarning huquqiy ongi oshmoqda, ularning siyosiy tarbiyasi ham o`qituvchilari va ustozlari tomonidan shakllantirilmoqda.

Tadbir so`ngida Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputatlari hamda Payariq tumanidagi Sud raislari “Deputat va yoshlar” uchrashuvida faol ishtirok etgan yoshlarni O`zbekiston yoshlar ittifoqi Payariq tuman Kengashi tomonidan ajratilgan esdalik sovg`alari, ya`ni kitoblar bilan taqdirladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1