1

O`zbekistonlik shaxmatchi jahon chempioni

Sport 05.12.2014, 12:37
O`zbekistonlik shaxmatchi jahon chempioni
Braziliyada 9 yoshgacha bo`lgan bolalar o`rtasida o`tkazilgan shaxmat bo`yicha jahon chempionatida deyarli barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratgan holda o`z yoshi toifasida jahon tojini qo`lga kiritdi. Bu haqda sports.uz xabar bermoqda. 
Javohir chempionat davomida 8.5 ochko jamg`arishga erishdi. Kumush medalga sazovor bo`lgan turkiyalik Ishik Chan 7 ochko to`plashga erishdi. 
Javohirning ukasi Islombek Sindarov esa 7 yoshgacha bo`lgan bolalar o`rtasida bronza medali egasiga aylandi. Aslida bu toifada dastlabki 3 pog`onani egallagan shaxmatchilar: hindistonlik Shax Dev, mo`g`ilistonlik Lxagvayamts Ochirbat va Islombekning natijalari bir xil – 7.5 ochko. Biroq Islombek yurishlar soni va turli reyting pog`onalariga ega bo`lgan raqiblari bilan o`yin natijalari hisobiga uchinchi o`rin bilan kifoyalandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1