AsosiyDunyo

Eron AQSh armiyasiga tegishli dronni urib tushirdi (Video)

Eron AQSh armiyasiga tegishli bo`lgan dronni urib tushirganini ma`lum qildi. Ushbu hodisa ikki davlat o`rtasidagi munosablar tobora keskinlashib borayotgan jarayonda yuz bergani xalaqaro miqiyosda xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.

Eron OAV xabarlariga ko`ra, voqea bugun erta tongda Fors ko`rfazida ro`y bergan. Rasmiy Tehron Amerika armiyasiga tegishli bo`lgan dron mamlakat havo hududini buzib kirganligini ta`kidlamoqda. RQ-4 Global Hawk droni Eronning Ho`rmuzgon viloyati hududida urib tushirilgan. Ushbu hodisa yuzasidan bayonot bergan Pentagon uchuvchisiz qurilma xalqaro havo hududida Eron raketasi bilan urib tushirilganini ta`kidlayapti.

Ummon ko`rfazida neft tankerlariga uyushtirilgan hujm ortidan ikki davlat munosabatlari tobora keskinlashib bormoqda.Rasmiy Vashington Tehronni ushbu hujumga aloqadorlikda ayblamoqda. Buning ortidan AQSh mintaqadagi o`z harbiy kuchlarining sonini oshirmoqda.


Boshqa yangiliklar