1

O`zbekiston U23 terma jamoasi saralashni Hindistonga qarshi bahs bilan boshlaydi

Sport 05.12.2014, 14:12
O`zbekiston U23 terma jamoasi saralashni Hindistonga qarshi bahs bilan boshlaydi

23 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatining saralash bosqichiga qur`a tashlanganidan xabaringiz bor. O`zbekiston terma jamoasi "E" guruhida Suriya, Hindiston va Bangladesh bilan bellashadigan bo`ldi.

Mazkur guruh o`yinlari Bangladeshda bo`lib o`tadi. OFK o`yinlar taqvimini tasdiqladi. Unga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi dastlabki o`yinni 27 mart kuni Hindistonga qarshi o`tkazadi. Shuhrat Maqsudov shogirdlari 2-turni Bangladeshga qarshi o`tkazishsa (29 mart), so`nggi tur o`yinlari 31 mart kuni Suriyaga qarshi bo`lib o`tadi.

Kecha tashlangan qur`aga ko`ra, jamoalar 10ta guruhga bo`linishdi. Guruh g`oliblari va 2-o`rinni egallagan jamoalar orasida eng yaxshi ko`rsatkichga ega bo`lgan 5ta jamoa final bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritishadi. Osiyo chempionati esa 2016 yilning yanvar oyida Qatarda bo`lib o`tadi va u Rio-2016 olimpiadasi uchun saralash vazifasini o`tab beradi.

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1