AsosiyDunyo

AQSh va Eron munosabatlari yanada taranglashmoqda (Video)

'AQSh va Eron munosabatlari yanada taranglashmoqda (Video)'ning rasmi

Ormuz bo`g`ozida Amerika dronining urib tushirilishi ortidan AQSh va Eron munosabatlari yanada taranglashmoqda, deb xabar berdi Euronews.com.nashri.

Xalqaro hamjamiyat davlatlar o`rtasida qurolli mojaro kelib chiqishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.AQSh prezidenti Donald Tramp o`zining Tvitterdagi sahifasida “Eron juda katta xato qildi", degan izoh qoldirdi. O`z navbatida Saudiya Arabistoni ham Eronni tajovuzkorlikda ayblab chiqdi. Rasmiy Ar-Riyod o`z hamkorlari bilan Tehronga nisbatan qanday choralar ko`rishni muhokama qilishini ma`lum qildi. Moskva esa tomonlarni bosiqlikka chaqirmoqda.

Prezident Vladimir Putin “AQSh qurolli kuchlardan foydalanish mumkinligini inkor etmayapti. Ammo bir narsani ta`kidlab o`tmoqchiman, bu mintaqa uchun minimum fojea bilan yakunlanadi. Bunday urinishni amalga oshirishning oqibati juda achinarli bo`ladi”,- deya ta`kidladi. Tehron esa ikki tomonlama munosabatlarning sovuqlashuvida Vashingtonni ayblamoqda. Xavfsizlik bo`yicha mamlakat oliy kengashi havo kengliklarining buzib kirilishi bilan bog`liq holatlarga keskin choralar ko`rilishini ta`kidladi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi BMT ga AQShning provokasion va agressiv harakatlari ustidan shikoyat kiritishini ma`lum qildi.


Boshqa yangiliklar