AsosiyDunyo

BMT xavfsizlik kengashining favqulodda yig`ilishi bo`lib o`tdi

'BMT xavfsizlik kengashining favqulodda yig`ilishi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Belgiya, Germaniya, Quvayt va AQSh davlatlari tashabbusi bilan BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Euronews.com.nashri xabar berdi.

Unda Suriyaning Idlib provinsiyasidagi vaziyat muhokama qilindi. BMT Bosh kotibining insonparvarlik va siyosiy masalalari bo`yicha o`rinbosari Mark Lokok va Rozmari Dikarlo gumanitar inqiroz kuzatilayotgan Suriyaning ushbu provinsiyasidagi vaziyatni xalqaro hamjamiyat shunchaki kuzatib turmasligi lozimligini ta`kidladi. Bu erdagi tinch aholi ayni damda terrorchi guruhlar va ularga qarshi kurashayotgan Suriya armiyasi o`rtasidagi jang o`rtasida qolib ketgan.

BMT ma`lumotlariga ko`ra, may oyi boshidan buyon qurolli hujumlar natijasida bu erda 230 dan ortiq tinch aholi vakili, jumladan 81 nafar bola halok bo`lgan. 330 ming nafar provinsiyalik fuqarolar o`z uy- joylarini tashlab ketishga majbur bo`lgan. Rozmari Dikarlo terrorizmga qarshi kurash aholini himoya qilish bo`yicha xalqaro huquq majburiyatlaridan yuqori turmasligini ta`kidladi. Bundan avval BMT Bosh kotibi Antonio Guterish Rossiya va Turkiyani provinsiyada barqarorlikni o`rnatish bo`yicha 2018 yilda imzolangan kelishuv shartlariga rioya etishga chaqirgan edi. Rossiya Federasiyasining BMT dagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Idlib provinsiyasi Suriya hukumati nazoratiga qaytarilishi va u erdagi terrorchilar yo`q qilinishi kerakligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar